Zaytun moyi — O‘rta yer dengizi parhezining asosiy tayanchlaridan biridir. Yangi zaytunlardan olinadigan, ayniqsa birinchi sovuq siqimdagi zaytun moyi noyob tabiiy xususiyatlarga ega. Moyning foydali xususiyatlari olein kislotasi, mono to‘yintirilmagan yog‘ kislotasi va kuchli antioksidantlar — polifenollarning yuqori miqdori bilan bog‘liq. Bu moddalar yurak kasalliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Products
ZAYTUN MOYLARI
ARALASH MOYLAR
EXTRA VIRGIN ZAYTUN MOYLARI
CLASSIC ZAYTUN MOYLARI
EXTRA VIRGIN BIR NAVLI ZAYTUN MOYLARI
MAXSUS ZAYTUN MOYLARI
XUSHBO‘Y MOYLAR
ARALASH MOYLAR
Borges mukammal muvozanatlangan ta’mga ega ajoyib aralash moylar assortimentini yaratish uchun faqat eng sifatli zaytun va urug‘ moylarini tanlaydi. Har bir aralash moyimiz Borges moylarining turli xil asosiy afzalliklarini o‘zida mujassam etadi. Shu sababli ular keng ko‘lamdagi taomlar tayyorlash uchun mos keladi va har biri o‘ziga xos qator foydali xususiyatlarga ega.
Moylarni puxta va sinchkovlik bilan tanlashimiz, shuningdek, omega-3 va omega-6 yog‘ kislotalari hamda muhim vitaminlarning optimal kombinatsiyasini ta’minlab, salomatlik uchun maksimal foyda olish imkonini beradi. Moy aralashmalari har bir Borges moyining asosiy afzalliklarini maksimal darajada namoyon etish uchun sinchkovlik bilan tanlangan.
CLASSIC ZAYTUN MOYLARI
O‘z tarkibi, ya’ni rafinatsiya qilingan zaytun moyi va birinchi sovuq siqimdagi zaytun moyi aralashmasi tufayli Borges Classic zaytunning foydali xususiyatlarini saqlab qoladi, uning muvozanatli va yumshoq ta’mi esa qovurish, dimlash va pishirish uchun juda mos keladi.
XUSHBO‘Y MOYLAR
Tabiiy qo‘shimchalar bilan tayyorlangan xushbo‘y moylar odatiy taomlarga o‘ziga xoslik bag‘ishlaydi va siz uchun oshpazlik tajribalarida yangi imkoniyatlarni ochadi. Ularni tayyorlashda tanlab olingan tabiiy qo‘shimchalar — limon po‘sti, qovurilgan sarimsoq, yangi rayhon va rozmarin ishlatiladi, tabiiy damlash jarayoni tufayli esa Borges xushbo‘y moylari betakror ta’m va hidga ega bo‘ladi.