Borges sizga oshxonangizda munosib o‘rin egallaydigan foydali o‘simlik moylarini taklif etadi. Ular qo‘llashda universal bo‘lib, E vitamini va Omega-6 kislotalarining manbai hisoblanadi.
Ilhomlantiruvchi va hayratlantiruvchi hidlar olami. Borges sizga dunyo bo‘ylab iste’molchilar va oshpazlarni ilhomlantiradigan, eng yuqori sifatli autentik sirkalarning noyob turkumini taklif etadi. Ular turli xil taomlar uchun juda mos bo‘lib, marinadlar, salat uchun ziravorlar, souslar va sho‘rvalarda o‘z ta’mini a’lo darajada namoyon etadi, shuningdek sabzavotli va go‘shtli taomlarni mukammal to‘ldirib turadi.
Borges makaronlari Italiyada faqat tanlab olingan qattiq bug‘doy navlari va eng toza suvdan tayyorlanadi. An’anaviy bronza qoliplar makaron yuzasiga biroz g‘adir-budir tuzilish beradi, shu sababli u sousni juda yaxshi ushlab turadi. Tarkibidagi oqsilning yuqori miqdori, 13,5%, makaron pishirish jarayonida shaklini yaxshi saqlashi va bir-biriga yopishib qolmasligini ta’minlaydi. Past haroratda uzoq vaqt quritish esa makaronning mukammal va yaxlit tuzilishini ta’minlaydi.
Borges Natura — o‘z plantatsiyalarimizda yetishtirilgan sifatli yong‘oqlar, tog‘ buloqlarining musaffo suvi va saralangan guruch asosida tayyorlangan mazali va foydali ichimlik. Yong‘oqlar tarkibi tufayli Borges Natura energiya, vitaminlar va mikroelementlarning ajoyib manbai hisoblanadi, tarkibidagi guruch esa ichimlikka mayin tuzilish va nozik ta’m beradi.
Ular tarkibida qo‘shilgan shakar, laktoza va glyuten yo‘q, to‘yingan yog‘lar miqdori kam va oson hazm bo‘ladi. Borges Natura ichimliklari parhezga rioya qiladiganlar, yangi ta’mlarni sinab ko‘rishni yoqtiradiganlar yoki sog‘lig‘iga e’tibor beradiganlar uchun juda mos keladi.
Borges Natura — Ispaniyadan kelgan sutning foydali muqobili.